Shoygu birinchi marta Prigojinning qurolli isyoni haqida fikr bildirdi
U ushbu voqealarni Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinish va provokatsiya deb atadi.

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 24 iyun kuni «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan qurolli isyon haqida ilk bor izoh berdi. Uning selektor yig‘ilishidagi nutqini Mudofaa vazirligi keltirdi.
Mulozim ushbu voqealarni Rossiyadagi vaziyatni beqarorlashtirishga urinish va provokatsiya deb atadi. Shoygu so‘zlariga ko‘ra, isyonchilarning rejalari barbod bo‘lgan, chunki Qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi «qasamyod va harbiy burchga sodiqlik ko‘rsatgan». Bu voqealar qo‘shinlar guruhlari harakatlariga ta’sir qilmadi, dedi Shoygu.
Mudofaa vaziri isyon sodir bo‘lgan kundan beri omma oldida gapirmagan edi.
Prigojin 23 iyun kuni Moskva tomon «adolat marshi»ni e’lon qildi, 24 iyun kuni ertalab «vagnerchilar» Rostov shahridagi bir qator ma’muriy va harbiy binolarni nazoratga oldi. U «yurishdan» maqsad Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovni «qo‘lga olish ekanini» aytdi.
Vladimir Putin buni qurolli isyon, xiyonat va orqadan pichoq urish deb baholadi.
24 iyun kuni kechqurun Prigojin yurishni to‘xtatgani, «Vagner» jangchilari dala lagerlariga qaytishini e’lon qildi.
Keyinroq, Kreml Lukashenko vositachiligida Prigojin bilan kelishib olinganini ma’lum qildi. Unga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatildi va Belarusga ketishiga ruxsat berildi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
Mavzuga oid

21:30 / 17.05.2025
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

16:28 / 17.05.2025