Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya «Chelsi»ni sotishdan tushgan pulni faqat Ukrainada sarflashga ruxsat berdi
Ukrainani tark etgan qochqinlar ushbu mablag‘larga da’vogarlik qilolmaydi.
Britaniya hukumati Roman Abramovichning «Chelsi» futbol klubini sotishdan tushgan pullarini Ukrainadan tashqarida ishlatishni taqiqladi. Bu haqda Ukrainadagi urushdan jabr ko‘rganlarga yordam jamg‘armasi rahbari Mayk Penrouz aytdi.
Penrouz Abramovichning klubni sotishdan olgan barcha daromadlari o‘z jamg‘armasiga o‘tkazilganini, bu pullarni faqat Ukrainadagi urush qurbonlariga yordam sifatida va uning oqibatlarini bartaraf qilishga yo‘naltirish mumkinligini eslatdi.
Buyuk Britaniya hukumatining jamg‘armaga bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, mablag‘lar faqat Ukraina geografik chegarasi ichida sarflanishi mumkin. Ukrainadan tashqaridagi ukrainaliklarga, shu jumladan Buyuk Britaniyadagi ukrainaliklarga pul berish bo‘yicha har qanday so‘rovlar ko‘rib chiqilmaydi. Jamg‘arma rahbari so‘zlariga ko‘ra, shu tufayli Ukrainani tark etishga majbur bo‘lgan qochqinlarga yordam berishning iloji yo‘q.
«Hukumat va Yevropa Ittifoqi shartlariga ko‘ra, qochqinlar Ukrainani tark etishi bilan moddiy yordam to‘xtatiladi. Gumanitar yordam olayotgan jabrdiydalarning ko‘pchiligi, asosan ayollar va bolalar shu yo‘ldan bormoqda», dedi u.
Penrouz so‘zlariga ko‘ra, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, nochor odamlarga 2,35 mlrd funt sterlingni sarflamaslik g‘oyasi «deyarli uyatli».
2023 yil aprelida rossiyalik oligarx Roman Abarmovich «Chelsi» klubini 2,35 mlrd funt sterlingga sotdi. Tadbirkor barcha mablag‘ni Ukrainadagi urush qurbonlariga tarqatishni taklif qildi.
Abramovichning o‘zi Rossiya hukumati bilan aloqalari tufayli 2022 yil mart oyida Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolgan, shu tufayli klubni sotishdan olgan daromaddan foydalana olmas edi. Hozir u sanksiyalardan qutulish maqsadida sudga murojaat qilgan.
Mavzuga oid
21:35 / 06.06.2026
Abramovich Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashgan – ukrainalik deputat
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026