Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si shaxsan Putinni Ukrainaga yadroviy zarba berishdan qaytargani aytildi, Kreml buni «fantastika» deb atadi
Si Jinpingning shaxsiy murojaati Xitoy rahbarining 2023 yil mart oyida Moskvaga davlat tashrifi chog‘ida yetkazilgan bo‘lishi mumkin.
Xitoy rahbari Si Jinping shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirgan. Bu haqda Financial Times nashri G‘arb va Xitoydagi rasmiy manbalariga tayanib xabar berdi.
Si Jinpingning shaxsiy murojaati Xitoy rahbarining 2023 yil mart oyida Moskvaga davlat tashrifi chog‘ida yetkazilgan, dedi manba.
FT ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy rasmiylari shu vaqtdan beri Putinni yadroviy quroldan foydalanish bo‘yicha yashirin tahdidlardan voz kechishga ko‘ndirganliklari uchun faxrlanmoqda. Bu Xitoyning Yevropa bilan munosabatlarini tiklash kampaniyasining markaziy qismiga aylandi, dedi Xitoy hukumati vakili.
Pekin omma oldida doimiy ravishda Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga qarshi chiqqan, biroq G‘arb Moskva bilan alohida hamkorlik qilgani uchun bu bayonotlarning samimiy emasligidan xavotirda. Ammo, Si tomonidan Putinning ogohlantirilishi G‘arb davlatlarida Xitoy yopiq eshiklar ortida ham yadroviy qurolga qarshi ritorika olib borayotganiga umid uyg‘otdi, deb yozdi nashr.
«Xitoyliklar barcha darajada xabar yuborish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmoqda», dedi AQSh ma’muriyatining yuqori martabali rasmiysi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Si Jinping Vladimir Putindan yadro qurolidan foydalanishdan voz kechishni so‘ragani haqidagi FT ma’lumotlarini «fantastik» deb atadi.
Vladimir Putin Ukrainada keng miqyosli urush boshlanganidan beri yadro qurolidan foydalanish ehtimoliga shama qilib kelyapti. Prezident bu haqda oxirgi marta 16 iyun kuni Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forumda nutq so‘zlagan edi. Xususan, Putin davlatga ekzistensial tahdid yuzaga kelgan taqdirda Rossiya yadro qurolidan «nazariy jihatdan» foydalanishi mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026