Jahon | 20:45 / 06.07.2023
9903
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidentining jiyani korrupsiyada gumonlanib, hibsga olindi – OAV

Sadir Japarovning amakivachchasi Raqimjon Japarov o‘g‘li Ulan tergov izolyatoriga joylashtirilgani aytilmoqda. 

Foto: Akipress

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda prezident Sadir Japarovning qarindoshi Ulan Japarov hibsga olindi. Bu haqda 24.kg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Issiqko‘l viloyatining Ken-suv qishlog‘ida tug‘ilgan 32 yoshli Ulan Japarov Bishkekdagi 1-sonli tergov izolyatoriga joylashtirilgan. 

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining «Korrupsiya» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. IIV Tergov xizmati tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi tahririyat xabarida. 

Poytaxtning Pervomayskiy tumani sudi U.J. ismli shaxs sud qarori bilan 26 iyulga qadar hibsga olinganini tasdiqlagan. 

Tahririyat manbalariga ko‘ra, u Sadir Japarovning amakivachchasi Raqimjon Japarovning o‘g‘li. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid