Ötgan haftada Vaşington ostonasidagi Arlington şaharçasida Ozarboyjon va Armaniston taşqi işlar vazirlari Jayxun Bayramov va Ararat Mirzoyan örtasida uç kunlik muzokaralar ötkazildi. Muzokaralar mavzusi 2020 yil noyabrida Ozarboyjonning töliq ğalabasi bilan yakunlangan Ikkinçi Qoraboğ uruşidan söng ikkitomonlama munosabatlarni tartibga soliş mavzusiga bağişlandi. Muzokaralarda AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken faol iştirok etdi.

Muzokaralar yakunida Blinken Kavkazorti davlatlarida tinç tartibga keltirişda olğa siljiş kuzatilgani haqida gapirdi. «Uç kun davomida olib borilgan keng kölamli işlar uçun rahmat. Erişilgan ilgarilaş va keyingi haftalar va oylar davomida bu yönalişda işlarni davom ettiriş qat’iyati uçun taşakkur bildiraman», — degandi Blinken 29 iyun kuni.

Lekin hammasi bu qadar xayrli yakunlanmasligi ham mumkin edi. Muzokaralar ötkazilayotgan çoğda Qoraboğ mojarosi zonasida keskinlaşuv kuzatildi. RF mudofaa vazirligi va bir qator arman naşrlari xabarlariga köra, 28 iyun kuni Ozarboyjon qurolli kuçlari artilleriya va pilotsiz uçar qurilmalardan foydalanib, Qoraboğning Oqdara va Xöjavand tumanlarida joylaşgan arman guruhlari pozitsiyalariga zarba bergan va oqibatda tört (boşqa ma’lumotlarga köra beş) nafar arman harbiylari halok bölgan.

Bu voqealar fonida tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublikasi Milliy yiğilişi (parlamenti) Vaşingtondagi arman delegatsiyasidan «Qoraboğdagi va Armaniston çegarasidagi töqnaşuv çiziqlarida otaşkesimga töliq erişilgunga qadar boşlangan muzokaralarini zudlik bilan töxtatiş»ni talab qildi. Biroq tan olinmagan respublika parlamentçilarining bu otaşin çaqiruvi Vaşingtondagi rasmiy arman delegatsiyasi tomonidan rad etildi. Muzokaralar davom ettirildi va AQŞ Davlat departamenti rahbari tomonidan muvaffaqiyatli deb baholandi.

Öşa kunlari Qoraboğda röy bergan voqealar böyiça Ozarboyjon tomonining öz talqini bor. Unga köra, 27 iyun kuni (ya’ni, Vaşingtonda muzokaralar boşlanayotgan çoğda) Qoraboğdagi «noqonuniy arman guruhlari» Ozarboyjon kuçlari pozitsiyalariga qarata öt oçgan va natijada ozarboyjonlik harbiy yarador bölgan. Bunga javoban 28 iyun kuni Ozarboyjon armiyasi «Qahr» operatsiyasini ötkazgan va Qoraboğdagi arman ayirmaçilariga qarata öt oçgan.

Siyosatşunos va jurnalist Aleksandr Jyelenin Qoraboğdagi bu keskinlaşuv kim uçun kerak bölgani va u qanday yöllar bilan öz maqsadiga erişmoqçi ekani haqida öz fikrlarini bildirdi