Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Makkadagi o‘zbekistonlik hojilar va diniy soha vakillari ham saylovlarda qatnashmoqda
Ayni vaqtda haj safarini yakunlab, Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar va Musulmonlar idorasi vakillari ham prezidentlik saylovlarida qatnashmoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidentligi uchun navbatda tashqari bo‘lib o‘tayotgan saylovlarda Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonlik saylovchilarga 14-saylov okrugiga biriktirilgan.
Shuningdek, Jiddadagi Bosh konsulxonasi saylov komissiyasi tomonidan ziyoratchilar uchun Makka shahridagi “Roshidiya” mehmonxonasida ham ovoz berish punkti tashkil etildi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ziyoratchilar saylov jarayonlariga doir fotolar bilan bo‘lishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning hududiy vakillari xodimlari, imom-xatiblar ham saylov jarayonida oila a’zolari bilan qatnashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil Haj mavsumida O‘zbekistonda 15 mingdan ortiq fuqarolar ziyoratga bordi. Ular 4 iyuldan boshlab vatanga qaytmoqda.



Mavzuga oid
18:49 / 19.07.2025
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
18:55 / 09.07.2025
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:44 / 19.05.2025