Threads ijtimoiy tarmog‘i 5 kun ichida 100 million foydalanuvchi yig‘di
U eng tez rivojlanayotgan ilova sifatida ChatGPT rekordini yangiladi.

Foto: EPA
Meta korporatsiyasining Threads ilovasi ishga tushirilganidan beri 5 kun ichida deyarli 100 million kishi ro‘yxatdan o‘tdi. Shu tariqa, Threads tarixdagi eng tez rivojlanayotgan ilovaga aylandi. Avvalgi rekord egasi ChatGPT edi, biroq shuncha sonli foydalanuvchilarga ega bo‘lish uchun unga ikki oy vaqt ketdi.
100 million foydalanuvchi marrasi zabt etilgach, Meta asoschisi Mark Tsukerberg «Bu bor-yo‘g‘i besh kun ichida bo‘lganiga ishonmayapman! Biz hali reklama vositalarini ham ishga tushirmagan edik», deb yozdi o‘zining Threads sahifasida.
Threads tarmog‘ining rekord darajada mashhurligi, foydalanuvchilar Instagram akkauntlari orqali ilovada ro‘yxatdan o‘tishi bilan bog‘liq. WSJ hisob-kitoblariga ko‘ra, Instagram 2 milliarddan ortiq faol foydalanuvchiga ega, bu Threads uchun ayni muddao bo‘lgan.
Yangi ijtimoiy tarmoqning tezda ommalashishi ortidan Meta aksiyalari savdosi ham faollashdi. 10 iyul kuni aksiyalar narxi 0,77 foizga ko‘tarildi va endi 292,77 dollardan sotilmoqda.
Threads ijtimoiy tarmog‘i Ilon Mask egalik qiluvchi Twitter platformasiga o‘xshash bo‘lib, qisqa postlar, surat va videolar joylashtirish imkonini beradi. Bundan uch oy avval Ilon Mask Twitter platformasini sotib olib, ijtimoiy tarmoq kontenti moderatsiyasiga o‘zgartirishlar kiritgan, oqibatda, ko‘plab foydalanuvchilar norozi bo‘lgan edi. Meta korporatsiyasi esa vaziyatdan foydalanib, yangi ijtimoiy tarmoq ustida ish boshladi.
Threads asoschilari ijtimoiy tarmoq tez orada boshqa servislar bilan integratsiyalashishini aytishmoqda. Bu kontent almashish va boshqa platformalardan obunachilarni jalb qilish imkoniyatini berishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hollivud aktyori Vel Kilmer vafot etdi
Jahon | 12:40
-
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:21
-
Toshkent shahar hokimligi yuridik boshqarmasi yuriskonsulti 70 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:11
-
Ukraina Yevropa Ittifoqidan yana 3,5 mlrd yevrolik yordam oldi
Jahon | 12:03
Mavzuga oid

14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi

22:22 / 17.02.2025
Meta butun sayyora bo‘ylab suvosti internet kabelini tortadi

18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi

22:38 / 30.01.2025