Yevropadagi saylovlarda O‘zbekistondan ham kuzatuvchilar qatnashishi mumkinmi?
YeXHT missiyasi rahbari Ursula Gachek tashkilot har bir ishtirokchi davlatdan xalqaro kuzatuvchilar missiyalarga qo‘shilishini doimo qutlashini bildirdi.
O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlari yakunlariga bag‘ishlab Toshkentda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda byuro missiyasi rahbari Ursula Gachek Kun.uz muxbirining Yevropa mamlakatlaridagi saylov jarayonlarida o‘zbek mutaxassislarining ishtirok etmayotgani yuzasidan savoliga javob berdi.
– O‘zbekistonda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi sertifikatiga ega ekspertlar zaxirasi mavjud. O‘zbekiston YeXHTga a’zo bo‘lganidan buyon o‘tgan davr mobaynida o‘zbekistonlik ekspertlar missiyalarga qisqa muddatli ekspert sifatida va faqat MDH davlatlarida jalb etilgan. Nega O‘zbekistondan mutaxassislar uzoq muddatli ekspert sifatida jalb etilmayapti? Shuningdek, o‘zbekistonlik ekspertlar Yevropa mamlakatlaridagi saylovlarni kuzatishga ham jalb qilinmaydi. Bunga qandaydir norasmiy cheklovlar yoki tashkilotning ichki tartibga soluvchi, aniqrog‘i taqiqlovchi qoidalari bormi?
Ursula Gachek: Tushunganimni yanayam aniqlashtirib olmoqchiman, shunda siz saylovda o‘zbekistonlik fuqarolar qatnashganidan tashvishlanyapsizmi?
Unday emas-a?! Xo‘p. Shunchaki tushunarli qilib aytishim kerakki, bu kuzatuvchilarning barchasi xalqaro kuzatuvchilar edi. Albatta, faoliyatimiz davomida bizni mahalliy xodimlar qo‘llab-quvvatlashdi. Ammo navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini xalqaro shaxslar kuzatib borishdi.
Endi boshqa ishtirokchi davlatlardagi saylovlarni kuzatuvchi O‘zbekiston fuqarolariga kelsak, biz har bir ishtirokchi davlatdan xalqaro kuzatuvchilar missiyalarga qo‘shilishlarini doimo qutlaymiz. Albatta, o‘z mamlakatida ishtirok etadiganlar bundan mustasno. Hech kim o‘z mamlakatidagi saylovda kuzatuvchi bo‘lib ishtirok eta olmaydi.
Ayrim kattaroq budjetga ega mamlakatlar juda halol va ko‘proq sondagi kuzatuvchilarni yuborishga tayyor bo‘ladi. Biz hech qachon biror millatning bu jarayonda to‘liq dominantlik qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Bilishimcha, bu tartib hanuz o‘z kuchida. Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuroning maxsus fondi mavjud bo‘lib, bu fond yordamida vakili bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan kuzatuvchilar o‘z davlati tomonidan emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri Rasmiy taraqqiyot yordami (ODA) tashkiloti orqali moliyalashtirilishi mumkin.
Hamkasbimning eslatishicha, yaqinda Latviyada O‘zbekiston fuqarolaridan kuzatuvchilar qabul qilingan. Biz yana bir bor O‘zbekistondan ham ko‘plab faol yosh fuqarolik jamiyati a’zolari kelishi va qayerda bo‘lishimizdan qat’i nazar saylovlarni kuzatish tajribasiga ega bo‘lishiga umid bildiramiz.
Men oxirgi paytlarda Fransiya, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarni kuzatdim. Aytmoqchimanki, hamma joyda barcha uchun bir xil qoidalar amal qiladi va u yerda sizni yaxshi kutib olishadi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40
-
Germaniyada bankir tovuqlar ijarasi bilan shug‘ullanish uchun ishdan bo‘shadi
Jahon | 23:24
-
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar
O‘zbekiston | 23:19
-
Google’ning Gemini sun’iy intellekt servisi barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo‘ldi
Jahon | 22:44
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025