Bryussel. 2023 yil 7 iyul. NATO boş qarorgohi oldida Ukrainani tezlaştirilgan tartibda alyansga a’zo qilişni qöllab uyuştirilgan piket. Foto: IMAGO / Philip Reynaers

Şu kunlarda ommaviy axborot vositalarida AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi rahbari Uilyam Byornsning Kiyevga xufiyona taşrifi, u yerda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ikkisi Rossiya bilan sulh kelişuvini muhokama qilgani haqidagi xabarlar paydo böldi. Bu haqdagi axborotni 30 iyun kuni The Washington Post naşri çop etdi, şundan söng uni ayrim ukrain naşrlari köçirib e’lon qilgan.

AQŞ naşridagi maqolaning mohiyati şundan iboratki, Ukraina Donbassning qandaydir qismi, Şimoliy Qora dengiz böyi va Azov dengizi sohillarini qaytarib olib, Rossiyaning okkupatsiya ostidagi Qrim bilan «quruqlikdagi yölagi»ni uzib, şundan söng muzokaralar uçun tayyor böladi.

Byornsning Kiyevga taşrifi va Zelenskiy bilan muzokaralari haqidagi xabar oşkor bölişi Ukraina prezidentini jahllantirdi va u OAVda bunday xabarlar paydo bölganidan «taajjubda» ekanini ta’kidladi. CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida u şunday dedi: «Mening MRB rahbari bilan aloqalarim doimo parda ortida bölişi kerak».

Zelenskiyning jahlini çiqargan narsa Byornsning taşrifi oşkor bölganigina emas, muzokaralarning Ukraina jamoatçiligi uçun oşkor etilişi lozim bölmagan detallari ham sizdirilgani böldi.

Kiyevning rasmiy pozitsiyasiga köra, uruş Ukrainaning 1991 yilgi qonuniy e’tirof etilgan çegaralariga çiqiş bilan yakunlanişi kerak. Şu sababli Zelenskiy yana bir bor ta’kidladi: «Toki Qrim rossiyaliklarning okkupatsiyasi ostida qolar ekan, bu faqat bir narsani bildiradi: uruş hali tugamaganini».

Biroq, körinib turibdiki, Ukraina Qrimni öz harbiy salohiyati Rossiyaning harbiy salohiyatiga teng bölsagina okkupatsiyadan xalos etişga qodir böladi, deb yozadi jurnalist Aleksandr Jyelenin.

Ha, bugun Rossiya qurol-yaroğ va öq-dori işlab çiqarişda katta muammolarga duç kelmoqda. Buyuk Britaniya qurolli kuçlari qömondoni admiral Toni Radakin