Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birinchi L-410 samolyoti O‘zbekistonga yuborildi
Chexiyaning LET Aircraft Industries kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan L-410 samolyoti «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasiga jo‘natildi.
Foto: Jan Lekeš
Iyun oyida O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi Chexiya zavodi bilan ikkita Let L-410 UVP-E20 turbovintli samolyot sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.
«Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasi uchun mo‘ljallangan birinchi Let L-410 UVP-E20 samolyoti 13 iyul kuni Chexiyaning Kunovitse shahridan havoga ko‘tarildi.
Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar tufayli samolyot O‘zbekistonga Bolgariya (Burgas), Turkiya (Samsun), Armaniston, Ozarboyjon va Turkmaniston orqali 15 iyul kuni yetib kelishi kutilmoqda.
LET L-410 «Turbolyot» - mahalliy aviakompaniyalar uchun mo‘ljallangan, yengil, ko‘p maqsadli ikki dvigatelli samolyot bo‘lib, 1966-1967 yillarda Chexoslovakiyaning Let Kunovice aviatsiya zavodi konstruktorlik byurosi (hozir Chexiyaning LET Aircraft Industries zavodi) tomonidan ishlab chiqilgan.
Samolyot maxsus tayyorlanmagan, asfaltlanmagan, o‘tloqli yo‘laklarda, qorli hududlarda, shuningdek, qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklari bo‘lgan aerodromlardan uchish uchun mo‘ljallangan. 19 yo‘lovchi yoki 1,8 tonna yukni 1500 km masofaga tashishga qodir.
Mavzuga oid
20:36 / 30.12.2025
2025 yilda yo‘lovchilar O‘zbekiston aeroportlaridan eng ko‘p parvoz qilgan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
22:46 / 29.12.2025
Istanbuldan Samarqandga uchgan samolyot mast yo‘lovchi tufayli favqulodda qo‘ndi
18:08 / 24.12.2025
Qishki ta’til oldidan qo‘shimcha avia va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
17:00 / 18.12.2025