Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukraina bilan uzoq muddatli urushga bardosh bera olmaydi – Bayden
Vaqt o‘tishi bilan Putin siyosiy yoki iqtisodiy sabablarga ko‘ra agressiyani cheklashga majbur bo‘ladi, dedi AQSh prezidenti.
Foto: AP
Rossiya Ukraina bilan ko‘p yillik urushga bardosh bera olmaydi va vaqt o‘tishi bilan Kreml o‘z tajovuzini kamaytirishga majbur bo‘ladi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden Helsinki shahridagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
«Rossiya o‘zining resurs salohiyatini hisobga olgan holda, yillar davomida urushni qo‘llab-quvvatlay olmaydi. O‘ylaymanki, shunday vaziyatlar bo‘ladiki, oxir-oqibatda prezident Putin bu urushni davom ettirish Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligini anglab yetadi. Lekin bu qachon sodir bo‘lishini aniq ayta olmayman», dedi Bayden.
AQSh prezidentining ta’kidlashicha, aslida Rossiya bu urushda allaqachon mag‘lub bo‘lgan, bu esa Putin uchun «haqiqiy muammo». Baydenning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlarining jang maydonidagi muvaffaqiyati Rossiyani haqiqiy tinchlik muzokaralarini boshlashga undashi mumkin.
Shu bilan birga Bayden Rossiya prezidenti Ukrainada yadro qurolidan foydalanishi mumkinmi, degan savolga ham javob berdi. Amerika rahbari hozir bunday xavf borligiga ishonmaydi.
«Putinning yadro qurolidan foydalanishi hech qanday istiqbolda yo‘q», dedi Bayden.
Mavzuga oid
13:27
“Hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak” – poliglot o‘zbek qizi bilan suhbat
12:26
Tramp o‘z partiyasi oraliq saylovlarda yutqazishi mumkinligini istisno etmadi
08:50
AQShda universitetdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
18:58 / 14.12.2025