«Arsenal» yangi transferini e’lon qildi
Bu London klubining yozdagi ikkinchi transferidir.

Foto: Arsenal klubi matbuot xizmati
«Arsenal» «Ayaks» himoyachisi Yurriyen Timberni transfer qildi.
22 yoshli niderland «kanonirlar» bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
U yangi jamoasida 12-raqam ostida to‘p suradi.
Avvalroq, London klubi ushbu o‘ng qanot himoyachisi uchun 40 million yevro transfer puli to‘lashi haqida xabar qilingandi.
Timber «Ayaks» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Amsterdam jamoasi safida 121 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urgan va 4 golga uzatma bergan.
Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 42 million yevroga baholagan.
Bu «Arsenal»ning yozgi transferlardagi ikkinchi xaridi bo‘ldi. Bundan avvalroq «Chelsi»dan hujumkor yarimhimoyachi Kay Havers 71 mln yevroga sotib olingandi.
Shuningdek, «Vest Hem»dan tayanch yarimhimoyachisi Deklan Raysni transfer qilish masalasi hal bo‘lgan. Angliya milliy jamoasiga nomzod bo‘lgan ushbu futbolchi uchun London klubi kamida 105 mln funt to‘lashi xabar qilingan.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya ayblovini olib tashlashga chaqirdi
Jahon | 07:40
-
Rossiya tashqi razvedka xizmati va MRB muloqotni davom ettirishga kelishib oldi
Jahon | 07:32
-
Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi
Jahon | 07:26
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
Mavzuga oid

15:05 / 28.06.2025
Qanday xabarlarga ishonish, qandaylariga ishonmaslik kerak? – futboldagi transferlar haqida

18:12 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

14:01 / 12.05.2025