20:53 / 14.07.2023
18108

O‘zbekistonda birinchi marta 8 mln tonna g‘alla yetishtirildi 

O‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi. 

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston g‘allakorlari birinchi marta 8,1 mln tonnadan ziyod don yetishtirdi. Suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi. 

Jumladan, g‘alla hosildorligi Buxoro viloyatida gektariga 74,8 sentner, Toshkentda 74,2 sentner, Samarqandda 73,8 sentnerni tashkil qildi. 

Hosildorlikni oshirish maqsadida biologik eskirgan navlar o‘rniga yangi yuqori hosilli, ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli 12 ta (shundan, 8ta mahalliy) kuzgi bug‘doy navlarining maydoni 585 ming gektarga kengaytirildi. 

Shu bilan birga, Respublika bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik 71-73 sentnerni tashkil etgan bo‘lsa, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, Uchqo‘rg‘on, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Mirzacho‘l, Paxtakor, Qamashi, Norin, Oltinsoy, Sariosiyo, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod, Termiz, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Buvayda, Dang‘ara, Quva, Oltiariq va Furqat tumanlarida 76-80 sentnerga yetdi. Ba’zi fermer xo‘jaliklari 95-100 sentner hosildorlikka erishdi. 

Mavzuga oid
Top