Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vagner» hozir Ukrainadagi janglarda qatnashmayapti - Pentagon
Avvalroq, «Vagner» jangchilari Belarusga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
AQSh Mudofaa vazirligi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Ukrainadagi urushda faoliyatini to‘xtatganini qayd etdi.
Bu haqda Pentagon matbuot kotibi, brigada generali Patrik Rayder brifing chog‘ida ma’lum qildi.
«Hozirgi bosqichda biz «Vagner» jangchilari Ukrainadagi jangovar operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etayotganini ko‘rmayapmiz», dedi u.
12 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi «vagnerchilar» 2 mingdan ortiq texnika va qurol-yarog‘larni Rossiya Qurolli kuchlariga topshirganini ma’lum qilgan edi.
13 iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Vagner» XHK «yuridik jihatdan mavjud emas», chunki Rossiyada xususiy harbiy tashkilotlar to‘g‘risida qonun yo‘qligini aytdi.
Avvalroq, «Vagner» jangchilari Belarusga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mavzuga oid
09:25
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026