Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
Sinoptiklar 17-19 iyul kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: KUN.UZ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 17-18 iyulda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17 iyulda +22...+27 daraja, 18-19 iyulda +20...+25 daraja, kunduzi 17 iyulda +33...+38 daraja, 18-19 iyulda +31...+36 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 iyulda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi 17 iyulda +38...+43 daraja, 18 iyulda +39...+44 daraja, 19 iyulda +33...+38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 iyulda +20...+25 daraja, 18-19 iyulda +22...+27 daraja, kunduzi 17-18 iyulda +35...+40 daraja, 19 iyulda +33...+38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi 17 iyulda +38...+43 daraja, 18 iyulda +39...+44 daraja, 19 iyulda +36...+41 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 17 iyulda kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +33...+38 daraja, 18-19 iyulda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17 iyulda +12...+17 daraja, 18-19 iyulda +15...+20 daraja, kunduzi 17 iyulda +25...+30 daraja, 18-19 iyulda +28...+33 darajagacha ko‘tariladi.