Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada targ‘ibotchi Simonyanga suiqasdning oldi olingani aytildi
Targ‘ibotchi Margarita Simonyan va teleboshlovchi Kseniya Sobchakka «suiqasd uyushtirishga uringanlar» qo‘lga olingan.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) va Tergov qo‘mitasi xodimlari targ‘ibotchi Margarita Simonyan va teleboshlovchi Kseniya Sobchak o‘ldirilishiga tayyorgarlikning oldi olingani haqida xabar berdi. Ehtimoliy suiqasd Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgani da’vo qilinmoqda.
FXX ma’lumotlariga ko‘ra, bu ish bo‘yicha Moskva va Ryazan viloyatida Simonyan va Sobchakni kuzatib borgan «Paragraf-88» guruhi a’zolari qo‘lga olingan. Ulardan Kalashnikov avtomatlari, patronlar, rezina tayoqlar, pichoqlar va kishanlar olib qo‘yilgan.
FXX ta’kidlashicha, qo‘lga olinganlar «har bir qotillik uchun 1,5 million rubl mukofot» evaziga «Ukraina xavfsizlik xizmati buyurtmasi» bo‘yicha harakat qilganini allaqachon tan olishgan.
2022 yil aprel oyida FXX Vladimir Solovyov va boshqa bir qancha targ‘ibotchilarga suiqasdning oldi olinganini e’lon qilgan edi. Keyinchalik qotillikni rejalashtirishda gumon qilingan olti nafar shaxs hibsga olindi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025