Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya elchixonasida “Demokratiya va milliy birlik” kuni munosabati bilan xotirlash marosimi o‘tkazildi
Elchixona rasmiylari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda Turkiyada 2016 yil 15 iyulda yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinish va ushbu xiyonatga qarshilik vaqtida halok bo‘lgan fuqarolar yodga olindi.
Foto: Kun.uz

15 iyul kuni Toshkentdagi Turkiya elchixonasida “Demokratiya va milliy birlik” kuni munosabati bilan xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Elchixona rasmiylari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda Turkiyada 2016 yil 15 iyul kuni yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinish va ushbu xiyonatga qarshilik vaqtida halok bo‘lgan fuqarolar yodga olindi.


Manbalarga ko‘ra, Turkiya tarixidagi navbatdagi harbiy to‘ntarishning oldini olish uchun prezident Erdo‘g‘an chaqirig‘i bilan mamlakat bo‘ylab yuz minglab odamlar ko‘chaga chiqqan. 253 nafar inson o‘zini harbiy texnika oldiga tashlab halok bo‘lgan.
Xotira tadbirida “Demokratiya va milliy birlik kuni” munosabati bilan tayyorlangan ko‘rgazma ham namoyish etildi.


Xotirlash tadbirlari Turkiya bo‘ylab keng miqyosda o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:41
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari muzokaralar natijalarini sarhisob qildi
22:34 / 29.01.2026
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari Qo‘shma bayonot hamda hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
20:57 / 29.01.2026