Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi avtofalokatga uchradi
Zayniddin Eshonqulovni Saudiya Arabistonida mashina turtib yuborgan. O‘g‘li uning ahvoli yaxshiligini aytdi.
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Saudiya Arabistonida avtofalokatga uchradi. Hodisa 23 iyun kuni Roshidiya mehmonxonasi oldida sodir bo‘lgan.
Uning ahvoli haqida Haj safarida bo‘lib turgan farzandi ma’lumot berdi.
«Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulovning farzandiman, ismim Nurimom. Toshkent shahri hojilariga ellikboshi sifatida hajga keldim.
Allohning sinovi bo‘lib otamni avtomashina turtib yubordi. Internet tarmoqlarida har xil yolg‘on, bo‘rttirilgan xabarlar tarqatilmoqda. Otamning ahvoli ancha yaxshi. Doimo suhbatlashib turibmiz, muloqotdamiz. Diniy idoramiz rahbariyati, diniy qo‘mita rahbariyati, qolaversa, Makka shahridagi ishchi guruh hol-ahvol so‘rab, nazorat qilib turibdi.
Internetda otamning sog‘lig‘i uchun pul yig‘ilgani haqida ma’lumot tarqatilibdi, bu mutlaqo haqiqatga zid. Ikki davlat kelishuvlariga asosan har bir muolaja mutlaqo bepul tarzda amalga oshiriladi. Otamning ahvoli juda yaxshi, shifokorlar oxirgi reyslarga javob bersa kerak», dedi u.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026