O‘zbekiston | 19:55 / 17.07.2023
13667
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga boradi

Bu Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik saylovidan keyingi ilk xorijiy safari bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo-Ko‘rfaz arab mamlakatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etish uchun 18—19 iyul kunlari Jidda shahrida bo‘ladi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvda Saudiya Arabistoni Podshohligi, Bahrayn Podshohligi, Qatar davlati, Kuvayt davlati, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘mmon Sultonligi, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari hamda kengashning bosh kotibi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibiga muvofiq, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit doirasida ikki tomonlama qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid