O‘zbekiston | 09:01 / 18.07.2023
8262
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada zilzila sodir bo‘ldi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 18 iyul kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 08:45 da zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentr: Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri. Zilzila koordinatalari: 40,32 gradus shimoliy kenglik; 71,93 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=3,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 251 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Quvasoy shahrida 3 ball, 5 km;
  • Farg‘ona shahrida 2-3 ball, 14 km;
  • Farg‘ona tumanida 2-3 ball, 16 km;
  • Toshloq tumanida 2 ball, 23 km;
  • Quva tumanida 2 ball, 24 km;
  • Marg‘ilon shahrida 2 ball, 24 km.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid