Iqtisodiyot | 15:05 / 18.07.2023
41441
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi yangilandi

O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 568 ming so‘m deb belgilandi. Bu 18 oy avval belgilangan ko‘rsatkichdan 14 foizga yuqori, lekin o‘tgan davrda yig‘ilgan rasmiy inflatsiya ko‘rsatkichi 16 foiz edi.

Foto: KUN.UZ

2022 yildagi yillik inflatsiya darajasidan kelib chiqib, 2023 yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi minimal iste’mol xarajatlari miqdori 2021 yilda 440 ming so‘mni tashkil etgan, 2022 yilda yanvaridan boshlab esa 498 ming so‘m deb belgilangandi.

568 ming so‘mlik yangi miqdor avvalgi 498 ming so‘mdan 14 foizga yuqori. Biroq, qayd etish kerakki, o‘tgan 18 oy davomida rasmiy inflatsiya darajasi 16 foizni tashkil etgan.

Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlaridan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
  • mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
  • kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
  • pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida.

Mavzuga oid