13:19 / 19.07.2023
5888

Ilhom Aliyev Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi joriy yilning 18 iyul kuni Ozarboyjonga tashrif buyurdi.

Foto: gov.uz

Boku shahrida 19 iyul kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakatimiz hukumati delegatsiyasini qabul qildi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston bosh vaziri Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘z navbatida, Ozarboyjon rahbari mamlakat yetakchisini va butun xalqni prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklab, xalqqa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

O‘zbekiston bosh vaziri mamlakatda bo‘lib o‘tgan saylovdan so‘ng Shavkat Mirziyoyevni birinchi bo‘lib prezident Ilhom Aliyev tabriklaganini bildirib, bu davlat rahbarlari va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik namunasi ekanini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilyapti. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan yilga oshib boryapti. Neft va gaz, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, ipakchilik va to‘qimachilik sanoati hamda boshqa tarmoqlarda qo‘shma kooperatsiya loyihalari hayotga tatbiq etilmoqda. 

Mavzuga oid
Top