Qodirov öz telegram kanalida suhbat çoğida qator sohalardagi mintaqaviy hamkorlikning asosiy masalalari va strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş masalalari muhokama qilingani haqida yozgan.

U öz postida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni «muhtaram katta oğa» deb atagan va yöllangan samimiy tilaklar uçun minnatdorçilik bildirgan.

«Çeçenistonda biz Özbekiston bilan yaqin qardoşlik munosabatlarini yuksak qadrlaymiz va bu aloqalarni yanada mustahkamlaşga intilamiz.

Abdulla Nigmatoviç muhtaram katta oğamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning eng samimiy tilaklarini yetkazdi. Men Şavkat Miromonoviçga iliq sözlar uçun minnatdorçilik bildiraman. Boş vazir RF prezidentining yaqinda amalga oşirilgan taşrifi Rossiya va Özbekiston munosabatlarida yangi sahifa oçganini aytib ötdi.

Şubhasiz, Özbekiston boy ma’naviy-madaniy merosga ega davlat. Biz qardoş mamlakatimiz rahbariyatining madaniy, biznes va iqtisodiy aloqalarni kengaytirişga qaratilgan qadamlarini yuksak qadrlaymiz.

Işonçim komilki, Kavkaz investitsiya forumi hududlarimiz iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun mutlaqo yangi imkoniyatlar oçadi», — deb yozadi Ramzan Qodirov.

Şundan söng Çeçeniston rahbari özbekistonlik mehmonlarni Grozniy xalqaro aeroportidan kuzatib qöygan

Ma’lumot uçun, 15 iyul kuni Grozniyda, Çeçeniston rahbari qarorgohida hamda «Pavilyon «Stroykar» körgazmalar markazida Kavkaz investitsiya forumi boşlangan. 

Bu yilgi forumning asosiy körgazma ekspozitsiyasi doirasida Doğiston, Çeçeniston, Inguşetiya, Şimoliy Osetiya – Alaniya, Qabordin-Bolqor, Karaçayevo-Çerkesiya respublikalari, Stavropol ölkasi, şuningdek Abxaziya va Janubiy Osetiya respublikalarining investitsiya loyihalari taqdim etilmoqda. Respublikalar va Şimoliy Kavkaz federal okrugi kompaniyalari ekspozitsiyalari mintaqaning investitsiyaviy va iqtisodiy salohiyatini, rivojlanişning asosiy yönalişlaridagi yutuqlarini namoyiş etişi, şuningdek, işbilarmonlar örtasida aloqalar örnatiş va hamkorlar topiş uçun platforma sifatida xizmat qilişi közda tutilgan.