Içanqal’adan bir neça km uzoqlikda Xiva xonlarining köpçilik sayyohlar, hatto özbekistonliklar uçun noma’lum bölgan yozgi saroyi joylaşgan. Uni ham taşlandiq, ham obod bir maskan, deyiş mumkin. Sababi Qibla toza boğ nomli eski saroyning boğlari haligaça parvariş qilinadi, turli mevalar beradi. Ammo hovli şu paytgaça sayyohlar uçun yopiq bölgan va turistik yönalişga kiritilmagan, binolari esa yaqin yillardagina ta’mirlana boşlagan.  

Xorazm viloyati Madaniy meros boşqarmasi mutaxassisi Ikrom Rahimovning aytişiça, yozgi saroyning umumiy maydoni 11 gektarni taşkil qilsa, şundan 7 gektari boğ, 4 gektari bino-inşoot qilib qurilgan. 

“U ham qarorgoh, ham hovli vazifasini bajargan. Boğdan taşqari saroydan xon oilasi dam oladigan hovli, xizmatçilar yaşaydigan hovli, yozgi va qişki masjidlar, otxona va gullar ekiladigan gulxonalar örin olgan. Qibla toza boğning haram qismida xon va uning oilasi faqat yoz oylarida kelib dam olişgan. Saroyning old qismidagi naqşdor xonalarida esa Xiva xoni mehmonlarni qabul qilgan. 

Qibla toza boğning qurilişi Muhammad Rahimxon II davrida 1893 yillardan boşlangan va 1903-1910 yillarda saroy old qismida yevropaça va şarqona uslublar uyğunligidagi qarorgoh binosi qurilgan”, deydi mutaxassis.

Qariyb 130 yillik tarixga ega bu muhtaşam saroy haqida ma’lumotlar unçalik köp emas. Sovetlar davridan boşlab yaqin yaqingaça Qibla toza boğ binolaridan turli maqsadlarda foydalanib kelingan. 

“Sobiq Ittifoq davrida saroydan harbiy gornizon sifatida foydalanilgan. Keyinçalik esa qişloq hunarmandçilik öquv maktabi, 1992 yillarda Xorazm viloyati madaniy meros yodgorliklarini ta’mirlaş maxsus uctaxonasi bölgan. 1994 yilda esa Xorazm viloyati yöl idorasiga 20 yilga nol qiymatda mehmonxona sifatida işlatiş uçun berilgan va özini oqlolmagaç, 2010 yilda davlatga qaytarilgan.