Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda osma dor yo‘lini qurish uchun 15 million dollar sarmoya kiritadi
Kitob tumanida «Qaynar» turistik-rekreatsion zonasini tashkil etiladi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Unda xitoyliklar bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Tomonlar Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida yiliga 200 ming xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatadigan «Qaynar» turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish, jumladan, hududning xalqaro darajadagi master-rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib oldi.
O‘z navbatida, 15 million investitsiya kiritish asosida zamonaviy osma dor yo‘lini qurish bo‘yicha kelishuv hujjati imzolandi. Shuningdek, «Qarshi» xalqaro aeroporti yaqinidagi maxsus iqtisodiy zonani hamkorlikda rivojlantirish xususida ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Qashqadaryo viloyati hokimligi va CAMC Engineering kompaniyasi o‘rtasida 16 million AQSh dollari qiymatdagi hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Mavzuga oid
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026