Iqtisodiyot | 19:27 / 20.07.2023
28782
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda 14,2 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari asossiz ravishda ishlatilgan

Qoraqalpog‘istonda 71,2 mlrd so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarishda 7,5 mlrd so‘mlik asossiz ortiqcha mablag‘lar olingan hamda sifatsiz ishlar bajarilgan bo‘lsa, 30,8 mlrd so‘mlik asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar 6,7 mlrd so‘m qimmat narxlarda xarid qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida budjet mablag‘lari asossiz tarzda markazlashtirilgan. Bu haqda Hisob palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan asossiz ravishda mablag‘lar budjet tashkilotlariga ajratib berilmasdan markazlashtirgan holda jamlanib, keyinchalik boshqa yo‘nalishlarga qayta taqsimlangan.

Xususan, o‘tkazilgan o‘rganishda markazlashtirilgan mablag‘lardan tanlov asosida 102 mlrd so‘mning sarflanishi tekshirilganda 14,2 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.

«71,2 mlrd so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarishda 7,5 mlrd so‘mlik asossiz ortiqcha mablag‘lar olingan hamda sifatsiz ishlar bajarilgan bo‘lsa, 30,8 mlrd so‘mlik asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar 6,7 mlrd so‘mga qimmat narxlarda xarid qilingan. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rish va kelgusida yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan tegishli tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ko‘rsatma yuborildi», deyiladi Hisob palatasi bayonotida. 

O‘rganish yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etilgan.  

Mavzuga oid