Prezident: Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Xastimom mahallasida bo‘ldi.
Bu yerda 1 ming 500 nafardan ziyod aholi yashaydi. Ularning ko‘pchiligi hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanadi.
Davlat rahbari xonadonlardagi sharoitlarni kirib ko‘rdi, aholi vakillari bilan suhbatlashdi. Nuroniylar mahalladagi turmush tarzi, yoshlarning kasb-kori haqida so‘zlab berishdi. Yurtga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga fayzu baraka tilab duo qilindi.
Ma’lumki, mamlakatning barcha hududlarida «Obod mahalla», «Obod qishloq» dasturlari amalga oshirilmoqda. Yo‘llar, muhandislik tarmoqlari ta’mirlanib, xonadonlarga fayz kirmoqda. Bu mahallani ham «Obod xonadon» dasturi asosida yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.
«Har bir insonga munosib sharoit yaratish maqsadimiz va burchimiz», – dedi Prezident.
Davlat rahbari uylarda tashkil etilgan hunarmandlik ustaxonalari va mahalladagi kichik ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi. O‘zini o‘zi band qilishni kengaytirish, turistlar uchun savdo va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi
Jahon | 09:50
-
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu
Jahon | 09:50
-
Lavrov migrantlar orasida jinoiy guruhlar paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi
Jahon | 09:49
-
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi
Jahon | 09:30
Mavzuga oid

10:04 / 16.03.2025
Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi

20:21 / 04.03.2025
“Daraxtlar atay quritilgan” – Toshkentda yashil zona yo‘q qilinib, o‘rnida qurilish boshlanmoqda

11:30 / 11.01.2025
Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi

17:38 / 25.12.2024