O‘zbekiston | 20:47 / 22.07.2023
21388
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyati umumta’lim maktablarida prezident maktablari tajribasi joriy etiladi

Viloyatni respublika bo‘yicha namunali hududga aylantirish rejalari bayon qilindi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Jizzax viloyatini respublika bo‘yicha namunali hududga aylantirish rejalarini bayon qildi.

Bu haqda u Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev, tuman hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tgan uchrashuvda aytgan.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Jumladan:

- Viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinchi til va kasbga o‘rgatishni joriy etish;

- maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘chalar tashkil etish;

- maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish;

Qayd qilinishicha, uchrashuvda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim maktablariga olib kirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Bunda Jizzax shahri, Sharof Rashidov, G‘allaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabida o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) ta’lim jarayonlari joriy etilishi aytildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid