Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Buxoro viloyatidagi tuman hokimi qo‘shni viloyat rahbarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga aylandi.
Foto: Navoiy viloyati hokimligi
San’atillo Hikmatov Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Hikmatov muqaddam Buxoro viloyatida hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2020 yilning 3 dekabrida Buxoro viloyatining Jondor tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi shu vaqtgacha bo‘sh turgandi — bu lavozimda 2022 yil mayidan ish boshlagan Akmaljon Mahmudaliyev 2022 yil noyabrida Sirdaryo viloyati hokimligiga o‘tkazilgandi.
- 2023 yil 14 aprelida Elyor Mardonov Navoiy viloyati hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
16:57 / 28.01.2026
Navoiyda oltin qazish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan guruh ushlandi
14:16 / 24.01.2026
Uyda o‘tirib daromad topayotgan qishloq kelini: onlayn faoliyat orqali mustaqillikka erishgan 22 yoshli Marjona haqida
11:39 / 22.01.2026
Zarafshonda savdo do‘konlarida yong‘in: 7 ta do‘kon zarar ko‘rdi
18:20 / 19.01.2026