08:54 / 26.07.2023
2044

Ligalar kubogi. «Inter Mayami» «Atlanta»ni tor-mor etdi, Messidan dubl va assist

Foto: Getty Images

Ligalar kubogi 2-turi doirasida «Inter Mayami» «Atlanta»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.

Shu kuni jamoasi safida ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushgan Lionel Messi dubl va assist qayd etdi. Uning gollaridan biriga Serxio Buskets hammualliflik qildi – 4:0.

Messi maydonda 78-daqiqa to‘p surgan bo‘lsa, Buskets 72-daqiqa harakat qildi.

Shu tariqa, Mayami jamoasi J guruhida 2 o‘yinda 6 ochko jamg‘arib, 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Messi 1-turda ham zaxiradan maydonga tushib, «Krus Asul» bilan bahsda jamoasiga g‘alaba keltirgandi.

Ligalar kubogi. 2-tur
26 iyul

Inter Mayami (AQSh) – Atlanta Yunayted (AQSh) – 4:0 (3:0)
Gollar: 1:0 – Messi (8), 2:0 – Messi (22), 3:0 – Teylor (44), 4:0 – Teylor (Messi, 54).

Top