Xayrullo Bozorov: «Bu yilgi maqsad bitta – çempionlik!»
Superliga yangi mavsumini ketma-ket uç ğalaba bilan boşlagan va hozirda turnir jadvali peşqadami bölib turgan «Neftçi»ning muvaffaqiyatlarida Xayrullo Bozorovning hissasi katta.
Farğona viloyati hokimi sönggi 4 yildan buyon öz an’analariga ega klubga katta e’tibor qaratmoqda. Bozorov taniştiruv marosimida 2024 yilda jamoa oldiga ilk marta çempionlik vazifasi qöyilgani va buning uçun barça şaroitlar yaratilganini ma’lum qildi.

«Bu yilgi maqsad bitta, bu ham bölsa faqat – çempionlik! Boş murabbiyi Vitaliy Levçenko va jamoamizga işonaman. Mavsumga yuqori darajada tayyorgarlik körildi, tarkib kuçaytirildi. Mavsum yakunida sizlar bilan jamoamizni quçoq oçib, çempionlik bilan tabriklaş nasib qilsin», - dedi Xayrullo Bozorov futbolçilarning taqdimot marosimida.
«Çempion böliş vaqti keldi» – Namangan viloyati hokimi yangi mavsum şiorini belgiladi
«Navbahor» klubining sönggi yillardagi muvaffaqiyatida Namangan viloyati hokimi va jamoaning birinçi raqamli işqibozi Şavkat Abdurazzoqovning hissa katta bölmoqda. Viloyat rahbari sönggi 3 yildan buyon jamoa oldiga çempionlik maqsadini qöyib kelayotgan bölsa-da, Samvel Babayan murabbiyligidagi jamoa çempionlik sovrinini Namanganga olib kela olganiça yöq. Şunga qaramay, «Navbahor» Osiyo Çempionlar ligasidagi natijalari orqali öz nomini Neymar, Benzema singari maşhurlar bilan birga yangraşiga erişdi.

Taqdimot marosimida Namangan viloyat hokimi klub Osiyo Çempionlar Ligasida tarixiy natija qayd etganini ta’kidlab, «Çempion böliş vaqti keldi», deya yangi mavsum şiorini belgiladi. Çempionlikni Toşkentdan Namanganga olib keliş uçun esa Odil Hamrobekov, Farrux Sayfiyev, Siyovuş Haqnazariy, Ruslan Jiyanov, Giorgi Nikabadze singari nomdor öyinçilar taklif etilganini ma’lum qilgan.

Hokim Qaşqadaryo xalqi çempionlikni kutayotganini aytdi, Röziqul Berdiyev va’da berdi
«Nasaf» jamoasining taniştiruv marosimida viloyat hokimi Murodjon Azimov, klub boş homiysi sanalmiş «Şörtan gaz-kimyo majmuasi» rahbariyati iştirok etib, 2024 yilda Qaşqadaryo ahli jamoadan faqat va faqat çempionlik kutayotganini ma’lum qildi.












