Zaporijjya viloyati Ukraina qarshi hujumining asosiy yo‘nalishiga aylandi – OAV
Ukraina Qurolli kuchlari Melitopolni ozod qilishga urinmoqda. Shuningdek, Qrim yarimorolini artilleriya zarbasi masofasiga yaqinlashtirishga harakat qilmoqda.

Foto: Reuters
Ukraina armiyasining davom etayotgan qarshi hujumi doirasidagi asosiy zarbasi mamlakat janubi-sharqida to‘plangan. Bu haqda Pentagon rasmiylariga tayanib The New York Times xabar berdi.
Amaliyotda minglab harbiy xizmatchilar ishtirok etmoqda, ularning aksariyati G‘arbda tayyorgarlikdan o‘tgan va yaqin kunlargacha zaxirada bo‘lgan.
NYT qayd etishicha, manbalar so‘zlarini artilleriya janglari ketayotgan Zaporijjya viloyatidagi front chizig‘idan olingan xabarlar tasdiqlaydi. Ukraina armiyasining xabar berishicha, u janubiy frontda rus qo‘shinlarini keskin siljishlarsiz bo‘lsada, asta-sekin orqaga surmoqda. Hujumni minalashtirilgan maydonlar, shuningdek, Rossiya artilleriyasi va samolyotlari sekinlashtirmoqda.
Ukraina rasmiylari qo‘shinlar janubga, Tokmak shahriga, undan keyin Melitopolga qarab harakatlanishga urinayotgani haqida Qo‘shma Shtatlarni ogohlantirgan. Ushbu operatsiyadan maqsad Qrim va Ukraina janubidagi boshqa bosib olingan hududlar o‘rtasidagi quruqlik ko‘prigini yo‘q qilish yoki hech bo‘lmaganda yarimorolni Ukraina artilleriyasining zarba masofasiga yaqinlashtirish uchun bu yo‘nalishda yetarlicha oldinga siljishdir. Ushbu operatsiya bir haftadan uch haftagacha davom etishi mumkin.
Ukraina Qurolli kuchlarining Zaporijjya viloyati janubi-g‘arbidagi hujumi Ukraina armiyasi Rossiyaning mudofaa pozitsiyalarini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘lganidan dalolat beradi, deb yozdi Bloomberg. Agentlikning ta’kidlashicha, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 27 iyuldagi murojaati chog‘ida qarshi hujum boshlangani haqidagi xabarlarni qo‘llab-quvvatlagan. «Bugun frontdagi yigitlarimiz juda yaxshi natijalarga erishdi. Ajoyib. Tafsilotlar keyinroq», dedi Zelenskiy.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

00:45
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar

22:50 / 21.05.2025
RFga qarshi sanksiyalarning 17-paketi: nishonda yana tankerlar

21:37 / 21.05.2025
Ispaniyada Yanukovichning safdoshi otib ketildi

21:02 / 21.05.2025