Bundesliga ishtirokchisi «Volfsburg»ga qarshi «AOK Stadion»da o‘tkazilgan uchrashuvda durang qayd etildi – 1:1.
🏁 Un peu malmenés en seconde période, les Sang et Or livrent tout de même une prestation solide et sérieuse 👊 face à une belle équipe de Bundesliga.@VfL_Wolfsburg 1⃣-1⃣ @RCLens
— Racing Club de Lens (@RCLens) July 29, 2023
⚽️ Machado (79')#WOBRCL pic.twitter.com/qlnzBpAPv3
Quvonarlisi, shu kuni «Lans» tarkibida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov norasmiy debyutini o‘tkazdi. Lansliklar hisobni tenglashtirgach, bosh murabbiyi Frank Ez o‘zbekistonlik himoyachini 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushirdi va hamyurtimiz o‘yin yakunigacha himoyada ishonchli to‘p surdi.
O‘rtoqlik o‘yini. 29 iyul
«Volfsburg» - «Lans» - 1:1
Gollar: Baku, 76 – Machado, 81.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasining 19 yoshli a’zosi dushanba kuni Fransiya klubi bilan shartnoma imzolagan edi.











