Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda toshko‘mir bo‘yicha 5 ta istiqbolli maydon xususiy sektorga beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni foydali qazilmalar zaxirasi va ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Taqdimotda shu sohadagi, jumladan, ko‘mir, kaolin va uran hajmini oshirishga qaratilgan rejalar haqida axborot berildi.
Qayd etilishicha, bu yil 6,7 million tonna ko‘mir qazib olish reja qilingan.
Kaolin bo‘yicha qiymati 620 million dollarlik 33 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Undan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga joriy yilda eksportni 81 million dollarga, 2030 yilga borib 180 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan.
Shuningdek, uran zaxirasini o‘stirish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlari davom ettiriladi.
Davlat rahbari mutasaddilarga bu yo‘nalishlarda natijadorlikni yanada oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi. Mavjud xomashyo bazasi, noyob texnologiyalar va kadrlar salohiyatidan unumli foydalanib, mahsulotlar hajmini ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.
Surxondaryodagi toshko‘mir bo‘yicha 5 ta istiqbolli maydonni xususiy sektorga berib, geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish, Angrenda qazib olinadigan ko‘mir sifatini yaxshilash va saralash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yangi kaolin konlarini topish va oq kaolin zaxirasini 200 million tonnaga yetkazish, uni qayta ishlash loyihalarini ko‘paytirish zarurligi ta’kidlandi.
Gidrotermal va qora slanetsli uran konlarini o‘zlashtirishga xorijiy investorlar jalb qilinishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
Mavzuga oid

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

18:39 / 09.04.2025
O‘zbekiston va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha bitim imzoladi

11:18 / 20.03.2025
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari tayinlandi

19:41 / 26.02.2025