O‘zbekistonda Chevrolet Monza ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
UzAuto Motors Chevrolet Monza avtomobillarini SKD usulida yig‘ish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu model o‘tgan yili Xitoyda 13 ming 200 dollardan sotuvga chiqarilgandi.

Foto: Chevrolet
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Monza ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Kompaniya rasmiy vakilining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bu modeldagi avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish katta investitsiyalar jalb etishni talab qiladi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish nafaqat Asakadagi avtomobil zavodini qayta jihozlash, balki mahalliy yetkazib beruvchilar tomonidan zarur butlovchi qismlar ishlab chiqarishni tashkil etishni ham taqozo etadi. Biroq Chevrolet Monza avtomobillariga talab va qiziqishning ortib borayotgani hisobiga UzAuto Motors SKD usulida ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

O‘zbekistonda Chevrolet Monza ishlab chiqarilishi haqida 2019 yilda ham xabarlar tarqalgan, o‘shanda bu model Chevrolet Cobalt o‘rnini egallashi taxmin qilingandi. Lekin o‘shanda “O‘zavtosanoat” vakillari bunday reja borligini rad etgandi.
Ma’lumot uchun, Monza – Chevrolet kompaniyasining eng arzon avtomobillaridan biri. Bu modelning yangilangan 3 ta versiyasi 2022 yilning sentabr oyida Xitoyda 13 200 dollardan 15 200 dollargacha bo‘lgan narxlarda sotuvga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning dekabr oyi boshida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uchun shartnoma tuzish to‘xtatilgandi. Bu modellarga shartnoma berish qachon boshlanishi haligacha noaniq bo‘lib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi

16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi

18:45 / 27.12.2024