UzAuto Motors shartnoma berishni ishlab chiqarish grafigiga moslashtiradi
Bundan keyin ma’lum bir muddatda qancha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, shuncha avtomobilga mo‘ljallab shartnomalar qilinadi. 7 kun ichida puli to‘lanmagan har qanday shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.

Foto: Kun.uz
UzAuto Motors Cobalt, Lacetti, Labo va Damas uchun shartnomalar ochilishini e’lon qildi va narxlari oshirilgan yangi konfiguratsiyalarni taqdim etdi.
Rasmiy e’londa avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida “ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimi joriy etilishi” aytilgan.
Kun.uz bu borada aniqlik kiritishni so‘rab, kompaniya matbuot xizmatiga murojaat qildi. Ma’lum qilinishicha, bundan keyin ma’lum bir muddatda qancha avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, shuncha miqdordagi avtomobillar uchun kontraktatsiya qilinadi.
Misol uchun, 3 kun ichida Lacetti uchun 70 mingta shartnoma qilinsa va yilning qolgan qismidagi ishlab chiqarish prognozlari 70 mingtadan oshmasa, shartnoma berish to‘xtatiladi. Bu muddatda ishlab chiqarish oshsagina, qo‘shimcha shartnomalar beriladi.
Shuningdek, 7 kun ichida puli to‘lanmagan har qanday shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinadi. Eslatib o‘tamiz, oldindan to‘lov miqdori kamida 50 foizni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

22:03 / 17.03.2025
Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi

19:53 / 12.03.2025
Toshkentda Lacetti daraxtga borib urildi

08:03 / 08.02.2025