O‘zbekiston | 12:43 / 04.08.2023
4492
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch - ALFA INVEST O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi 20 yillik samarali faoliyatini nishonlamoqda

Foto: ALFA INVEST

Mana 20 yildirki, «ALFA INVEST Sug‘urta Kompaniyasi» AJ o‘z mijozlari va hamkorlarining yuksak ishonchini oqlab kelmoqda.

Asos solingan vaqtdan boshlab ALFA INVEST kompaniyasi turli sohalar va ko‘lamlarda hayot, salomatlik yoki mulkka yetkazilgan zarar bilan bog‘liq kutilmagan moliyaviy yo‘qotishlardan fuqarolar hamda korxonalarni himoya qilib kelmoqda. Shuningdek, mazkur kompaniya yirik kompaniyalar va davlat korxonalarini ham himoya qilishga doir o‘z xizmatlarini taqdim etmoqda.

Sug‘urtaning bosh vazifasi — moliyaviy yo‘qotishlardan himoyani amalga oshirgan holda, ALFA INVEST mana 20 yildirki, 480 mingdan ziyod kompaniya va 3,5 million aholi uchun ishonchli sug‘urta qoplamasini taqdim etmoqda. Shu davr ichida 130 mlrd so‘mdan ziyod sug‘urta tovoni to‘lab berildi.

Bularning barchasi kompaniyaning barqaror moliyaviy ravnaqi, xatarlarni boshqarish mexanizmlarining takomillashuvi, sarmoya, anderrayting hamda qayta sug‘urtalash siyosati, shuningdek, zaxiralarni malakali shakllantira olishi tufayli amalga oshirildi.

Yildan yilga ALFA INVEST sug‘urta portfeli ijobiy o‘sish dinamikasini namoyish etmoqda. Bugungi kunga kelib aktivlar hajmi 216,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Sug‘urta zaxiralari 137,4 milliard so‘m miqdorida shakllantirilib, ustav kapitali 53,3 milliard so‘mga yetdi, bu esa korxonaning moliyaviy barqarorligi hamda to‘lov qobiliyatini ta’minlab bermoqda.

Kompaniyaning oliy ijtimoiy maqsadi

ALFA INVEST kompaniyasi faoliyati doirasida sug‘urtaning ijtimoiy vazifalari alohida o‘rin tutadi. Kompaniya qonun hujjatlarida nazarda tutiladigan barcha turdagi majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega.

ALFA INVEST kompaniyasi 20 yil mobaynida har xil faoliyat turlari, tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar, falokatlar, salbiy ijtimoiy vaziyatlar va holatlar oqibatida ko‘rilgan zararlarning amalda real qoplab berilishini, shuningdek, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan ishonchli va barqaror iqtisodiy muhitni ta’minlab kelmoqda.

O‘sishning eng muhim omili — xalqaro hamkorlik

Yetakchi xalqaro kompaniyalar va brokerlar bilan ko‘p yillik samarali hamkorlik tufayli, ALFA INVEST kompaniyasi yirik investitsiya va mulkiy qaltisliklarning qoplanishini ta’minlab bermoqda. Xalqaro qayta sug‘urta bozorining 200 dan ziyod kompaniyasi «ALFA INVEST Sug‘urta Kompaniyasi» AJning amaldagi va ishonchli hamkorlari hisoblanadi.

Milliy sug‘urta bozorini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz

Kompaniya 20 yil davomida O‘zbekiston sug‘urta bozorining qaror topishi hamda rivojlanishida faol ishtirok etib, sug‘urta xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini va aholining sug‘urta savodxonligini oshirishga hissa qo‘shmoqda. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘nlab filiallarning ochilishi, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab keng agentlik tarmog‘ining tashkil etilishi bilan ALFA INVEST kompaniyasi mingdan ziyod yuqori malakali sug‘urta mutaxassislarini tayyorlashga musharraf bo‘ldi, yuzlab ish o‘rinlarini yaratdi.

Sug‘urta sohasini isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yangi trendlar belgilab berildi hamda milliy sug‘urta bozorini, xususan, onlayn sug‘urta tarmog‘ini rivojlantirish va xalqaro sug‘urta bozorlariga chiqish uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar taqdim etildi.

ALFA INVEST global hamkorlikni kengaytirish va qayta sug‘urtalash portfelini o‘stirish tashabbusi bilan chiqdi. «Moody’s Investors Services Ltd.» (Buyuk Britaniya) xalqaro reyting agentligi tomonidan «B2» darajasida «Barqaror» prognozli moliyaviy barqarorlik xalqaro reytingiga erishish bu borada qilingan muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Raqamlashtirish taraqqiyotning ajralmas qismi sifatida

Keyingi muhim qadam InsurTech yo‘nalishi bo‘ldi, uning doirasida «ALFA INVEST Sug‘urta Kompaniyasi» AJ kompaniyaning texnologik va investitsiyaviy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Mol-mulk hamda avtomobillarni sug‘urta qilish, tijorat va bank sug‘urtasi kabi sug‘urta biznesining an’anaviy yo‘nalishlarida raqamli texnologiyalarga yo‘naltirilgan yangi yechimlar bilan tubdan yangi o‘zgarishlarga erishilmoqda.

ALFA INVEST mutaxassislari fikriga ko‘ra Kengaytirilgan tahlil (AA), onlayn-savdo texnologiyalari, mashinaviy o‘qitish, Buyumlar interneti (IoT), Sun’iy intellekt, virtual reallik (VR) yaqin kelajakda sug‘urta sohasining asosini tashkil etadi.

Yaqin yillar ichida kompaniya sug‘urta xizmatlari ta’minoti zanjirlarini raqamlashtirishni amalga oshirish va onlayn-sug‘urtaning to‘liq siklini joriy etishni rejalashtirmoqda. Ayni damda ushbu yo‘nalish ustuvor hisoblanadi.

Izchil va bosqichma-bosqich rivojlanish, kompaniya barqarorligi va mavqeyini mustahkamlash, shu bilan birga mijozlar ishonchi va hamkorlar hurmatini qozonish ALFA INVEST kompaniyasining o‘ziga xos jihati hisoblanadi.

 «ALFA INVEST Sug‘urta Kompaniyasi» AJ sprintni emas, balki marafonni tanlaydi, jamoamiz o‘zi uchun nihoyatda uzoq marralarni mo‘ljal qilgan va biz mana 20 yildirki ushbu maqsad yo‘lida barqaror hamda ishonch bilan qadam bosmoqdamiz, doim birinchi darajali natijalar va o‘rinlarni namoyish etib, bozordagi mavqeyimizni mustahkamlab bormoqdamiz, - deya ta’kidlandi kompaniyada.

 

Reklama