Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus voqealarida noqonuniy xatti-harakat qilgan IIV xodimlari jazolandi
Uch nafar xodimga Ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilish va ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyun oyidagi ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlagan xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining 2023 yil 4 avgustdagi hukmi bilan 1996 yilda tug‘ilgan T. A. va 1985 yilda tug‘ilgan X. S. Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 2 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, 1979 yilda tug‘ilgan J. M. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismi va 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qayd qilinishicha, birinchi instansiya sudining ushbu hukmidan norozi tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda Buxoro viloyat sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqli.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
15:49 / 21.01.2026
“Ishonch yo‘qligi sabab ulardan qahramon yasashdi” – faollar Taftish.uz ishi haqida
13:00 / 21.01.2026
Ichki ishlar idoralari xodimlaridan qanchalik rozisiz?
19:53 / 16.01.2026