Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududlarida 3-4 ballik zilzila qayd etildi
Toshkent shahrida zilzila kuchi 3 ballni tashkil etdi.
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning 9 ta hududida sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berishicha, 5 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:01 da Afg‘onistonda 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 36,57 gradus shimoliy kenglik; 70,78 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik 100 km.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 539 km janubiy-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball, 320 km;
- Farg‘ona viloyatida 3-4 ball, 432 km;
- Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 470 km;
- Jizzax viloyatida 3-4 ball, 472 km;
- Samarqand viloyatida 3-4 ball, 478 km;
- Andijon viloyatida 3-4 ball, 488 km;
- Namangan viloyatida 3-4 ball, 499 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 507 km;
- Toshkent shahrida 3 ball, 539 km.
Mavzuga oid
00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024