Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti temiryöl sohasini isloh qiliş böyiça Germaniya tajribasiga oid tahlillarini Kun.uz'ga taqdim qildi.
Qayd etilişiça, 1994 yilgaça Germaniya temiryöllari ikkita taşkilot: Deutsche Bundesbahn va Deutsche Reichsbahn tomonidan boşqarilgan. Sohadagi islohotlar 1994 yilda boşlangan. Bu jarayonda barça operatorlar uçun temiryöl infratuzilmasidan erkin foydalaniş imkoniyati yaratilib, şahar atrofi yönalişlari mahalliy hokimiyat organlari tasarrufiga ötkazilgan va zarur miqdorda subsidiyalar ajratilgan.
1993 yil 26 martda hukumat temiryöl sohasini isloh qiliş töğrisidagi qonun loyihasini işlab çiqib, uning asosi sifatida ikkita muhim sababni belgilagan:
1.Temiryöllar sohasining past samaradorligi va yuk taşiş hajmining ortişi kutilayotgan şaroitda quvvatlarning bunga tayyor emasligi;
2.Qarzlar töplanib qolgan hamda yölovçi va yuk taşuvlari sohasida uluşi qisqargan şaroitda boşqaruvçi kompaniyaning zaif moliyaviy barqarorligi.
Germaniya hukumati davlat xizmatlarini körsatiş böyiça majburiyatlar uçun har yili sohaga 7 milliard yevroga yaqin mablağ yönaltirgan bölsa-da, 90-yillarning boşida temiryöl taşkiloti Deutsche Bundesbahn körgan zarar 25,5 milliard yevroni taşkil qilgan.
50-yillarning örtalaridan boşlab Deutsche Bundesbahn transport bozoridagi uluşining sezilarli qismini yöqotgan. 1960-1990 yillar oraliğida Deutsche Bundesbahn’ning uluşi yölovçi taşuvlarida 36 foizdan 6,1 foizgaça, yuk taşuvlarida esa 56 foizdan 20,5 foizgaça kamaygan.
Islohotlarning asosiy yönalişlari sifatida quyidagilar qayd etilgan:
- Deutsche Bundesbahn va Deutsche Reichsbahn xususiylaştirildi va ular Deutsche Bahn AG tarkibida birlaştirildi;
- Temiryöl taşuvlari bozorida raqobatni kuçaytiriş uçun infratuzilma va xizmat körsatuvçi kompaniyalar ajratildi;
- Infratuzilmani rivojlantiriş va yangi xizmat turlarini yölga qöyiş uçun xususiy investorlar jalb qilindi.
1999 yilda islohotning ikkinçi bosqiçi boşlangan. Deutsche Bahn AĞning 5 ta bölinmasi har xil faoliyat turlari uçun mas’ul bölgan alohida korporatsiyalarga aylantirildi: DB Netz AG (infratuzilma), DB Station & Service AG (stansiya va xizmatlar), DB Dienstleistungen GmbH (aloqa, texnik xizmat körsatiş, stansiyalar va poyezdlarda xavfsizlik), DB Personenverkehr GmbH (yölovçi taşuvlari)












