21:31 / 08.08.2023
15025

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Anvar Karimov qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi. U bu lavozimda oldinroq iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarligiga qaytgan Ahadbek Haydarov o‘rnini egalladi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Anvar Karimov Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlov munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Prezident administratsiyasi vakillari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshliqlari, tizim tashkilotlar va hududiy boshqarma rahbarlari va departament boshliqlari ishtirok etgan yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda vazirlik oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda birgalikda hamjihat bo‘lib mehnat qilish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Anvar Rasulevich Karimov 1977 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti - oliy. 1998 yilda Guliston Davlat universiteti hamda 2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya Akademiyasini tamomlagan.

Anvar Karimov mazkur tayinlovga qadar iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan oldinroq, 2023 yil fevralidan buyon qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ahadbek Haydarov iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top