Baydenga tahdid qilgan amerikalik otib o‘ldirildi
AQSh prezidenti Jo Baydenni o‘ldirish bilan tahdid qilgan Yuta shtati fuqarosi FQB xodimlari tomonidan otib o‘ldirildi. Prezident Bayden bu shtatga 9 avgust, chorshanba kuni borishi kerak edi.

Foto: Daily Mail
Federal qidiruv boshqarmasining (FQB) maxsus agentlari Kreyg Robersonning Solt-Leyk-Siti janubidagi uyida tintuv o‘tkazishga uringan paytda otib o‘ldirishdi, deb yozdi The Guardian.
FQB otishma fakti bo‘yicha tergov olib bormoqda.
Sud hujjatlariga ko‘ra, dushanba kuni Roberson Baydenning Yuta shtatiga tashrifidan xabar topgach, kamuflyaj kiyimni olish va «m24 snayper miltig‘ining changini tozalash» haqida ijtimoiy tarmoqda xabar qoldirgan.
«Bu prezidentni yoki ikkalasiniyam o‘ldirish uchun qulay vaqt. Avval Jo, keyin Kamala», deb yozgan u Facebook sahifasida.
Seshanba kuni Robersonga uchta jinoiy ish, jumladan, prezidentga tahdid qilish ayblovi e’lon qilingan.
Bayden AQSh G‘arbiy hududlari bo‘ylab safar uyushtirmoqda. Chorshanba kuni u Nyu-Meksikoga bordi va shamol minoralari zavodida nutq so‘zladi. Kun oxirida esa Yutaga uchishi kerak edi.
So‘nggi oylarda siyosiy arboblarga tahdid qilish bilan bog‘liq boshqa holatlar ham kuzatilgan. Yanvar oyida Fransiya va Kanada fuqarosi bo‘lgan ikki shaxs AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga ritsin zaharli moddasini yuborganini tan olgan edi.
Iyun oyida AQSh Nyu-Hempshir shtatida yashovchi shaxs hibsga olindi va amerikalik senatorni o‘ldirish bilan tahdid qilganlikda ayblandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
Jahon | 21:20
-
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi
Jamiyat | 21:08
-
Britaniyada urush faxriysi tankda Tesla avtomobilini pachaqladi
Jahon | 20:55
-
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
Jahon | 20:39
Mavzuga oid

20:39
Tramp Xitoy tovarlariga bojlarni kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

20:17
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

18:19
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

12:41