O‘zbekiston | 19:01 / 12.08.2023
10974
2 daqiqa o‘qiladi

Xivada «Qovun sayli» festivali boshlandi

Xorazm viloyati, Xiva shahrida an’anaviy «Qovun sayli» festivali boshlandi.

Tadbir «Ichon qal’a» tarixiy majmuasi ostonasida o‘tkazilmoqda va 40 gektar maydonda 66 ta pavilon tashkil etilgan. Unda shahar va tumanlar, yirik korxona va tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlar o‘z mahsulotlari, poliz ekinlari, jumladan, qovunlar va tarvuzlar, meva-sabzavotlar, qandolatchilik, asalarichilik mahsulotlari, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil qilgan.

Mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun «Gurvak», «Qilichboy beshak», «Qariqiz», «Tuya qovun», «To‘yona», «Ola zamcha», «Xorazm oq novvoti», «Ko‘k gulobi», «Bo‘rikalla» va qovunlarning boshqa navlari taqdim etilmoqda.

Festivalning kechki dasturida san’atkorlar va xonandalarning badiiy chiqishlarini o‘z ichiga olgan konsert namoyish etiladi.

Festival 13 avgust kuni kechqurun g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.

Mavzuga oid