Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvadorda o‘ldirilgan prezidentlikka nomzod o‘rnini uning sherigi egallaydi
Andrea Gonsales Nader prezidentlikka yangi nomzod bo‘ladi.
Ekvador vitse-prezidentligiga nomzod Andrea Gonsales Nader shu hafta boshida o‘ldirilgan prezidentlikka nomzod Fernando Vilyavisensio o‘rnini egallaydi. Ular birgalikda «Construye» siyosiy harakatidan saylovda ishtirok etayotgan edi.
Qayd qilinishicha, Vilyavisensioning o‘zi saylovda ishtirok etolmagan taqdirda o‘rnini Nader egallashini xohlagan. «Construye» rahbariyati uning qarorini tasdiqlagan. Vitse-prezidentlikka yangi nomzodning ismi keyinroq e’lon qilinadi.
Fernando Vilyavisensio 9 avgust kuni Ekvador poytaxti Kito shahrida bo‘lib o‘tgan mitingdan keyin otib o‘ldirildi. Shundan so‘ng, Ekvadorning amaldagi prezidenti Gilermo Lasso davlat miqyosida favqulodda holat e’lon qildi.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025
Ekvadorda namoyishchilar prezident kortejiga hujum qildi
13:35 / 14.04.2025