O‘zbekistonliklar daromadining deyarli yarmini oziq-ovqatga sarflaydi – OAV
Shu bilan birga, O‘zbekiston oziq-ovqat narxi arzon mamlakatlar qatoriga kiradi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonliklar daromadining 46,5 foizini ovqatga sarflaydi. Bu rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 7-8 barobar ko‘p. Bu haqda Euromonitor ma’lumotlariga tayanib, Picodi xabar berdi.
Tahlilchilar dunyoning turli mintaqalarida iste’mol xarajatlarining qanday ulushi uyda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklarga to‘g‘ri kelishini hisoblab chiqdi. Beshta davlatda bu ko‘rsatkich barcha xarajatlarning o‘ndan biridan kamrog‘ini tashkil qildi. Reyting yetakchilari orasida AQSh (6,7 foiz), Singapur (8,4 foiz), Buyuk Britaniya (8,7 foiz), Irlandiya (9,2 foiz) va Shveytsariya (9,9 foiz) bor.
O‘zbekiston ro‘yxatda quyi pog‘onalardan birini egalladi – fuqarolarning oziq-ovqatga sarflanadigan mablag‘i barcha xarajatlarning deyarli yarmini (46,5 foiz) tashkil qiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanadigan mablag‘larning yuqori ulushi Nigeriya (59 foiz), Myanma (56,6 foiz) va Keniyada (56,1 foiz) qayd etilgan.
Pul ko‘rinishida oziq-ovqat mahsulotlariga eng ko‘p mablag‘ sarflanadigan mamlakatlar Shveytsariya (oyiga 359 dollar), Norvegiya (oyiga 341 dollar) va Daniya (oyiga 311 dollar) hisoblanadi. Bu ushbu mamlakatlarda tovarlar narxining umumiy yuqori darajasi bilan izohlanadi.
Rossiyada oziq-ovqatga oyiga o‘rtacha 146 dollar sarflanadi. Gruziyada bu miqdor 116 dollarga, Ozarboyjonda 102 dollarga, Belarusda 98 dollarga teng. Shu bilan birga, Turkmaniston va O‘zbekiston fuqarolari oziq-ovqatga eng kam mablag‘ sarflaydi – mos ravishda 26 va 40 dollar.
Reytingni tuzish uchun Picodi tahlilchilari dunyoning 105 mamlakatida uyda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklarga sarflangan xarajatlar ulushi bo‘yicha Euromonitor va mahalliy statistika idoralarining so‘nggi ma’lumotlaridan foydalangan.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qamchiqda Honda xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
-
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Jamiyat | 13:18
-
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin
O‘zbekiston | 13:10
-
Berbok: Germaniya hukumati «Shimoliy oqim-2» qayta ishga tushirilishiga qarshi
Jahon | 12:54
Mavzuga oid

16:07 / 28.02.2025
Qaysi soha vakillari daromadlari oshishini ko‘proq kutyapti?

22:20 / 11.02.2025
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi faoliyati tiklanishi mumkin

12:20 / 04.02.2025
Oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

16:42 / 03.02.2025