Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Tumanning oldingi hokimi Zafar Ergashev iyul oyida investitsiya muhiti qoniqarsizligi uchun tanqid qilinib ishdan olingan 12 hokimdan biri bo‘lgandi.
Isroil Ismoilovich Jabborov Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Isroil Jabborov muqaddam Samarqand viloyati mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2023 yil fevral oyida Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Payariq tumaniga 2021 yil avgustidan buyon rahbarlik qilib kelgan Zafar Ergashev 2023 yil 11 iyul kuni prezident raisligida investitsiya masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqa o‘ndan ortiq hokim bilan birga ishdan olingandi. O‘shanda Bosh prokuraturaga ishdan olingan hokimlarning faoliyatini tekshirishi bo‘yicha topshiriq berilgandi.
Mavzuga oid
12:17 / 13.07.2026
Urgutda prokuror o‘rinbosari qo‘lga olindi
23:09 / 04.07.2026
Zarafshon daryosi “chegaradan chiqdi”: temiryo‘l loyihasida bu hisobga olinmaganmi?
19:25 / 03.07.2026
“Zarafshon daryosida suv sarfi keskin oshgani sabab bo‘ldi” – Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilganiga izoh berildi
17:00 / 25.06.2026