O‘zbekiston | 19:24 / 17.08.2023
43536
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Prezident Administratsiyasi yangilanmoqda

O‘zbekistonda Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi va boshqa quyi lavozimlar tugatildi. Sardor Umrzoqov, Sunnatulla Bekenov va Furqat Rahimov o‘z lavozimlaridan ozod etildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezidentning tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi hamda Administratsiyaning tuzilmasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Sardor Umrzoqov O‘zbekiston Prezidentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, prezident farmoyishi bilan Sunnatulla Bekenov Prezident Administratsiyasi rahbarining yordamchisi lavozimidan, Furqat Rahimov Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shubasi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Bundan tashqari, Prezident Administratsiyasida quyidagi lavozimlar tugatildi:

  • Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari;
  • Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari kotibiyatlari;
  • Prezident Administratsiyasining Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi.

Mavzuga oid