O‘zbekiston | 12:52 / 18.08.2023
6811
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Intensiv baliqchilik uchun yangi oksigenator ixtiro qilindi

Baliqchilik imliy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan mahalliy ixtiofauna uchun yangi tur hisoblangan osetr baliqlarini O‘zbekiston sharoitida sanoat usulida yetishtirishning texnologik jarayonlari to‘liq ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Foto: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi

Mazkur texnologiya Yangiyo‘l tumanidagi “Xorrot fish house” unitar korxonasida joriy etildi. Natijada yetishtirilayotgan mahsulot turlari ko‘payishiga erishildi.

Shuningdek, institutning akvakulturadagi yangi texnologiyalar laboratoriyasida yopiq suv ta’minoti va intensiv usulda baliq yetishtirish uchun suvdagi kislorod konsentratsiyasini oshirishga mo‘ljallangan oksigenator qurilmasi yaratildi.

Ushbu qurilma Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari chizmasi asosida Toshkent shahridagi BMKB (bosh maxsus konstruktorlik byurosi) da yig‘ildi.

Mazkur qurilmadan baliqlarga kislorod yetishmasligi va qirilib ketmasligining oldini olishda foydalaniladi.

Ushbu qurilmadan foydalanish orqali suvda kislorodni eritish samaradorligini 95% yoki 12 mg/l gacha oshirish mumkin.

Yangi oksigenator baliqlarning hayotiy faoliyatini yuqori zichligida saqlashga imkon beradi. Bunday uskuna yopiq suv ta’minoti tizimlarida ham muhim rol o‘ynab, baliq yetishtirish tizimida keng qo‘llanishi mumkin.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi axborot xizmati

Mavzuga oid