Jahon | 20:19 / 19.08.2023
13229
2 daqiqa o‘qiladi

BMT haddan ziyod issiqlik to‘lqinini «yangi me’yor» deb nomladi

Bu inson faoliyati oqibatida sodir bo‘layotganiga kuchli ishonch bildirilmoqda.

Foto: Himanshu Sharma/NurPhoto via Getty Images

BMT tarkibiga kiruvchi Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) iyul va avgust oylarida Shimoliy yarimsharning bir qator mintaqalaridagi kuchli jaziramani kutilmagan holat deb hisoblamaydi.

Iqlim bo‘yicha ekspert Alvaro Silva so‘nggi o‘n yilliklarda ekstremal ob-havo hodisalari, jumladan, jazirama to‘lqinlar tez-tez yuz berayotganini «yangi me’yor» ekanini aytdi.

«Bu yangi me’yor va bu ajablanarli emas. So‘nggi o‘n yilliklarda issiqlik to‘lqinlari va kuchli yog‘ingarchilik kabi ko‘plab ekstremal hodisalar miqdori va intensivligi oshdi. Bu issiqxona gazlari chiqindilari tufayli inson tomonidan qo‘zg‘atilgan iqlim o‘zgarishi asosiy harakatlantiruvchi kuch ekanligiga yuqori darajada ishonch bor», dedi u.

WMO ta’kidlaganidek, o‘tgan iyul rekord darajadagi eng issiq oy bo‘lgan va noqulay ob-havo avgustda ham saqlanib turadi.

Avgust oyining uchinchi haftasida bir qator Yevropa meteorologiya xizmatlari, jumladan, Avstriya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Polsha, Xorvatiya, Fransiya va Shveytsariyani aholini jazirama haqida ogohlantirdi.

WMO fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga va rasmiy meteorologik ogohlantirishlarga rioya qilishga chaqirdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid