Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand sobiq bosh vaziri mamlakatga qaytishi bilan qo‘lga olindi
Tailand sobiq bosh vaziri, 15 yildan buyon qochqinda bo‘lgan Taksin Chinavat aeroportdayoq qo‘lga olindi. Uni tezda mamlakat Oliy sudi binosiga olib borishdi va sobiq mulozim 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Foto: AP
2001-2006 yillarda Tailand hukumatini boshqargan 74 yoshli Taksin Chinavat milliarder, «Manchester Siti» klubining sobiq xo‘jayini hisoblanadi. U 2006 yil harbiy to‘ntarish oqibatida ag‘darilgan va mamlakatdan qochib ketgan edi.
Xorijda bo‘lib turgan vaqtida Chinavatga nisbatan bir nechta moddalar, xususan, korrupsiya va vakolatini suiiste’mol qilish bo‘yicha ish ochilib, sirtdan qamoq jazosi tayinlangandi. Taksin Chinavat qo‘lga olinishini bilib turib, ixtiyoriy tarzda Tailandga qaytib kelgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
13:50 / 14.01.2026
Tailandda poyezd ustiga qurilish krani quladi: o‘nlab qurbonlar bor
13:56 / 13.01.2026
Pxuketda kater kema bilan to‘qnashishi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jarohatlandi
11:27 / 15.12.2025
Tailand va Kambodja jangovar harakatlarni davom ettirmoqda
13:28 / 12.12.2025